AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro qalbaki 20 000 AQSh dollarini sotayotganida qo`lga tushdi

'Toshkentda fuqaro qalbaki 20 000 AQSh dollarini sotayotganida qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarlarini sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va shahar IIBB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.F. boshqa bir fuqaro A.ga qalbaki 20 000 AQSh dollarini 8 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan 8 000 AQSh dollarini olib, qalbaki AQSh dollari hisobidan 100 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar