Ijtimoiy tarmoqlarda "Aytishlaricha Roxatdagi Shivaki va Samsung zavodi atrofida yong`in sodir bo`layotgan ekan" degan xabarlar tarqaldi.
Ammo bu bo`yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hech qanday xabar kelib tushmagan.
Xabarga asosan Bektemir tuman FV bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan hodisa sodir bo`lgan Ohangaron shox ko`chasida joylashgan korxonaga borib, holat tafsilotlari o`rganilganda hech qanday yong`in sodir bo`lmagan. Muzlatgich ishlab chiqarish korxonasining vakuum forma tayanchida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida qora tutun yuqoriga ko`tarilganligi aniqlandi.
Ushbu holat zudlik bilan korxona ishchilari tomonidan bartaraf etilgan.






