AOKAda o`tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaeva 2022 yilning 6 oyi davomida aholi bandligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
2022 yilning 1 chorak yakuni bo`yicha respublikada mehnat resurslari soni 19 mln 400 ming nafarni tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 220 ming kishiga oshgan.
Mehnat resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlarida band bo`lganlar soni:
- 13 mln 600 ming kishini tashkil etib shundan, rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln. 100 ming nafarni, norasmiy sektorda band bo`lganlar soni
- 5 mln 700 ming nafarni respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 mln. 800 ming kishini tashkil etgan.
Ishga muhtoj bo`lganlarning umumiy soni 1 mln. 400 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko`rsatkich 16-30 yoshgacha bo`lganlar orasida - 14,9 foiz, ayollar orasida - 12,8 foizni tashkil etdi.
2022 yilning 1 aprel holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 400 ming kishini tashkil etdi.
II. Bandlik organlari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar:
- 2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida 438 ming ish bilan band bo`lmagan shaxslarga bandlik xizmatlari ko`rsatildi.
- Buning uchun, Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi hamda Jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari hisobidan 301 mlrd.so`m mablag` ajratildi.
Jumladan, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari tomonidan 210 ming nafar ishsiz, shuningdek, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni mavjud bo`sh ish o`rinlariga ishga joylashishiga ko`maklashildi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo`yilgan ish o`rinlariga 13,0 ming nafar ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashtirildi.
Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron bazasi orqali:
- 253 ming, shundan davlat tashkilotlarida 95 ming, xususiy sub`ektlarda
- 158 ming bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi ma`lumotlar aniqlandi.
Mazkur bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi ma`lumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida ommaga e`lon qilinib, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko`rilmoqda.
Ishsiz fuqarolarni vaqtinchalik bandligini ta`minlash maqsadida Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari hamda buyurtmachi ish beruvchlilar bilan hamkorlikda vaqtinchalik Haq to`lanadigan jamoat ishlari tashkil etilib, mazkur ishlarga 108 ming fuqarolar jalb etildi.
Jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolarga ish haqqi to`lovlari uchun 108,0 mlrd.so`m mablag` to`lab berilib, vaqtinchalik daromad manbaiga ega bo`lishlari ta`minalandi.
22 ming 247 nafar ishsiz “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga 54,4 mlrd.so`m subsidiya mablag`lari ajratish orqali bandligiga ko`maklashildi.
- Jumladan, 18 ming 342 nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatilarini yo`lga qo`yishlari hamda o`zini o`zi band qilishlari uchun 42 mlrd. 53 mln.so`m;
- 3 ming 905 nafar fuqarolarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni rag`batlantirish maqsadlarida 12 mlrd. 345 mln.so`m subsidiya mablag`lari ajratildi.
Kasb-hunarga hamda etarli malakaga ega bo`lmagan fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan zamonaviy kasblarga o`qitish maqsadida Ishga marhamat Monomarkazlari, kasbga o`qitish markazalari hamda mahalla fuqarolar yig`iglarida kasbga o`qitish maskanlari faoliyati yo`lga qo`yildi.
Mehnat organlari yo`llanmalari asosida 2022 yil yanvar-iyun oylari davomida 76 ming 47 nafar ish bilan band bo`lmagan fuqarolar kasb-hunarga, tadbirkorlik ko`nikmalariga o`qitishga jalb etildi.
Bandlikka ko`maklashish jamg`armasidan o`qishga jalb qilingan shaxslarga stipendiya va o`quv xarajatlari uchun 22 mlrd. 225 mln.so`m mablag` sarflandi.
Shuningdek, kasb-hunarga o`qitish kursalarini muvaffaqiyatli tamomlagan 3 ming 687 nafar fuqarolarga mehnat quroli va asbob-uskuna xarid qilish uchun 11 mlrd. 485 mln.so`m subsidiya ajratish orqali egallagan mutaxassisliklari orqali o`zini o`zi band qilishiga ko`maklashildi.
- Ishsiz fuqarolarni moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida 20 ming
- 247 nafar ishsizlarga o`zlari uchun munosib ish topguniga qadar 21 mlrd.
- 487 mln.so`m ishsizlik nafaqasi Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtirib berildi.






