Ganada gemorragik isitmani keltirib chiqaradigan, kam uchraydigan Marburg virusini yuqtirishning ikkita holati aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Mazkur ma`lumotni Afrika mamlakati sog`liqni saqlash xizmati tasdiqlagan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ham (JSST) Ganada Marburg infeksiyasiga shubha qilingan ikkita holatni e`lon qilgan. Davlat vakillarining aytishicha, test natijalaridan so`ng ular tasdiqlangan. Hozirda 2 nafar bemor va ular bilan aloqada bo`lgan 98 kishi karantinda saqlanmoqda.
Ma`lumot uchun:
Marburg gemorragik isitmasi nomi bilan tanilgan Marburg virusi ko`pincha o`limga olib keladigan og`ir hastalik hisobalandi. U bemorlarda kuchli gemorragik isitmani keltirib chiqaradi. Kasallikning o`rtacha o`lim darajasi taxminan 50 fozini tashkil qiladi.
Marburg virusi odamlarga ko`rshapalaklardan yuqadi va infeksiyalangan shaxslarning so`lagi, yuzalar va materiallar bilan bevosita aloqa qilish orqali odamlar orasida tarqaladi. JSST hozirda isitmani davolash uchun ro`yxatga olingan vaksinalar yoki virusga qarshi dorilar mavjud emasligini ta`kidlagan. Bemorning omon qolish darajasini oshirish uchun simptomatik davolash usuli qo`llaniladi.






