Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shaharning Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasidagi xonadonlarni birida yong`in chiqqani aytilmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun, 18-iyul kuni soat 14:41 da Yakkasaroy tumani “Boshliq” MFY Qushbegi ko`chasida joylashgan ko`p kvartirali uylarning xonadonlaridan birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong`in-qutqaruvchilar soat 14:50 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:59 da o`chirilgan. Yong`inni bartaraf etishga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb qilingan.
Yong`in natijasida xonadonning 10 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar tufayli yong`indan uyning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






