AsosiyJamiyat

"Bizda aholi daromadining 40-50 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi" — Prezident

'"Bizda aholi daromadining 40-50 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi" — Prezident'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Asosiy mavzu - ekin erlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat etishtirishni va aholi daromadlarini ko`paytirish. Shu bilan birga g`allani etishtirish va xarid qilishni moliyalashtirish, aholini uy-joy bilan ta`minlash masalalari ko`rib chiqiladi.

“Ko`rib turibsiz – dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda. Ayniqsa, mahsulot etishtiruvchi asosiy davlatlarning eksportga cheklovlar qo`yishi va transport-logistikadagi uzilishlar muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.

Tahlillarga ko`ra, joriy yilda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi kamida 20 foizga o`sishi prognoz qilinmoqda.  

Bizda aholi daromadining 40-50 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi.  

Shu bois, yuqoridagi xavf-xatarlarning aholimizga ta`sirini yumshatish bo`yicha har bir mahalla, tuman, viloyat darajasida aniq hisob-kitob va chora-tadbirlar qilish kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berganmiz”, dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.

Yil boshida paxta va g`alla maydonlarini qisqartirish hisobidan aholiga 80 ming gektar maydonni bo`lib berish boshlandi.

Aholi xonadonlariga xizmat ko`rsatish bo`yicha 3 mingdan ziyod “Tomorqa xizmati” infratuzilmasi yaratildi.

Tomorqada mahsulot etishtirish uchun joriy yilning o`zida 400 milliard so`m imtiyozli mablag`lar ajratildi.

Joriy yil 6 oyida 821 ming tonna yoki o`tgan yilga nisbatan 102 ming tonna ko`p meva-sabzavot eksport qilindi.  

Hozirga qadar ajratilgan 64 ming gektarda jami 785 ming aholi bandligi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar