AsosiyJamiyat

Oqoltin tumani hokimi o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

'Oqoltin tumani hokimi o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumani hokimining o`rinbosarlaridan biri o`z xizmat xonasida mahalliy mas`uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisidan 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MChJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to`sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro`yxat»ga kiritish bilan qo`rqitib, agarda 500 AQSh dollari bersa, kelgusida MChJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. so`m olgan.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar