AsosiyJamiyat

Gruziya bosh vaziri O`zbekistonga keldi

'Gruziya bosh vaziri O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi delegasiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi.

Yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.

Tashrif davomida delegasiya a`zolarining "Yangi O`zbekiston" bog`idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`yishi, poytaxtimizdagi “Texnopark” faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Ertaga, 19 iyul kuni kengaytirilgan formatda muzokaralar bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar