Asos: O`RQ–780-son, 23.06.2022 y.
- Jinoyat kodeksiga kiritilgan o`zgartishga ko`ra, insonni undan a`zolarini va (yoki) to`qimalarini transplantasiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bu qilmish og`irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Inson a`zolarining va (yoki) to`qimalarining oldi-sotdisi bilan shug`ullanganlik, shuningdek, ularni O`zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Inson a`zolarining va (yoki) to`qimalarining oldi-sotdisi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
- Mazkur jinoyatlar bilan bog`liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.






