Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamda mamlakatimizning Bosh konsulxonasi hamkorligida "Ishonchsiz ish beruvchi" ro`yxatiga kiritilgan korxonalardan vatandoshlarimizning pasportlari olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda ushbu fuqarolarning Rossiya Federasiyasi hududida mehnat faoliyatini qonuniy asosda olib borishi ta`minlandi, deyiladi xabarda.






