AsosiyDunyo

Putinning Ukrainadagi harakatlari orqali ko`zlagan uch asosiy maqsadi ma`lum qilindi

'Putinning Ukrainadagi harakatlari orqali ko`zlagan uch asosiy maqsadi ma`lum qilindi'ning rasmi

Putin Ukrainadagi harakatlari orqali uch maqsadga erishmoqchi. Bu haqda siyosatshunos Tatyana Stanovayaning The New York Times'da e`lon qilingan maqolasida so`z boradi, deya yozmoqda "Zamon".

Ma`lum qilinishicha, may oyi oxirida RF rahbari Ukrainada uzoq istiqbolda g`alaba qozonishiga ishonch bildirdi. Shundan buyon uning uch yo`nalishda aniq harakatlar dasturi bor.

Birinchi maqsad sifatida Donesk va Lugansk viloyatlarini nazoratga olish hamda Qrim bilan quruqlik koridorini tashkil qilishdan iborat.

Ikkinchi yo`nalish Kievning taslim bo`lishini o`z ichiga oladi. Uchinchi va eng asosiy reja dunyo tartibotini o`zgartirishdan iborat ekanligi qayd etilgan. Shu bilan birga siyosatshunos G`arb davlatlariga ogohlantirish bilan chiqqan.

"Agar G`arb halokatli to`qnashuvning sodir bo`lishini istamasa, u aslida kim bilan ish olib borayotganini anglashi kerak", — degan u.

 

    Boshqa yangiliklar