AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tadbirkor ayollar ko`proq qaysi sohada faoliyat olib borayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda tadbirkor ayollar ko`proq qaysi sohada faoliyat olib borayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo`yicha faoliyati:

 savdo sohasida – 14 147 ta

 xizmatlar sohasida – 10 057 ta

 sanoatda – 5 543 ta

2022 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. so`mni tashkil etgan.

Ma`lumot uchun: ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 trln. so`mga oshgan.

 Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 472 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

    Boshqa yangiliklar