Afg`oniston hududida Termiz—Peshovar temir yo`l aloqasini o`rnatish bo`yicha O`zbekiston, Pokiston va Afg`onistonning qo`shma loyihasining yo`nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo`yicha ekspedisiya ishlari boshlandi.
Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar transafg`on temir yo`li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 kilometr bo`lgan temir yo`l Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo`lini ochadi.
Loyiha to`liq amalga oshirilgach, Pokistondan O`zbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo`nalish bo`yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga etishi mumkin.






