AsosiyJamiyat

​Anomal issiq haroratdan qanday saqlanish zarur?

'​Anomal issiq haroratdan qanday saqlanish zarur?'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi bu borada yurtdoshlarimizga quyidagi tavsiyalarni berdi:

 Eng avvalo, ko`chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matolardan tikilgan engil libos kiyish, issiqdan saqlaydigan bosh kiyim, ko`zoynak va soyabonlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

 Imkon qadar yog`li, dudlangan taomlarni iste`mol qilmaslik, tez buziladigan ovqatlardan ehtiyot bo`lish kerak.

Tanada suv balansini ushlab turish uchun kuniga o`rtacha 2-3 litr suyuqlik (sovutilgan ko`k choy, gazsiz mineral suv, qatiq, mevali ichimliklar, quritilgan mevalarning qaynatmalari) ichish tavsiya etiladi.

 Gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste`mol qilish mumkin emas.

 Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro`mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.

Jazirama payti quyosh urishi — eng xavfli holat bo`lib, jabrlanuvchida ko`ngil aynishi, qusish, burundan qon ketishi, ko`rish qobiliyatining buzilishi, yurak urishi va nafas olish kuchayadi. Unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Anomal issiq harorat kuzatilgan paytda imkon qadar to`g`ridan to`g`ri quyosh nuri tushadigan joyda jismoniy mehnat bilan shug`ullanmaslik tavsiya etiladi. Agar shunday bo`lgan taqdirda quyoshdan himoyalanish uchun bosh kiyim kiyish, ora-ora salqin joyda dam olish maqsadga muvofiq.

    Boshqa yangiliklar