Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvilini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasidagi amaliy hamkorlik, eng avvalo, transport va logistika, savdo va sanoat kooperasiyasiga doir qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surish istiqbollari ko`rib chiqildi.






