Ayni paytda Toshkent shahri o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qilyapti.
Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, “Yunusobod” sport majmuasida bo`lib o`tayotgan musobaqada bugun hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy olgan.
Yoshlar o`rtasida -55 kg vazn toifasining “B” guruhida Layloxon Polvonnazarova siltab ko`tarish mashqida 70 kg toshni bo`ysundirib, kumush medalga sazovor bo`ldi. Dast ko`tarish mashqida esa u 91 kg og`irlikni zabt etib, 3-o`rinni hamda ikkikurash natijasiga ko`ra umumiy 161 kg natija bilan katta bronza medalini qo`lga kiritdi.
Ushbu vazn toifasida, faqat yoshlar o`rtasida ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Ozoda Xojievaga esa biroz omad etishmadi.
Shu tariqa, uchinchi kungi bellashuvlarda vakilamiz ilk medallarni qo`lga kiritdi.
Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Bugun soat 18:30da sportchimiz Diyorbek Ro`zmetov -61 kg vaznda A guruhida o`z ishtirokini boshlaydi.
Ma`lumot uchun, o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati 25 iyulga qadar davom etadi.






