AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko`chasida tramvay harakati tiklanadi

'Toshkentdagi Shota Rustaveli ko`chasida tramvay harakati tiklanadi'ning rasmi

Toshkent hokimligi poytaxtning Shota Rustaveli ko`chasi bo`ylab harakatlanadigan tramvayni tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun.uz xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Gruziya poytaxti meri Kaxa Kaladze mamlakat bosh vaziri Irakliy Gariboshvilining tashrifi doirasida ayni damda Toshkentda.

Qayd etilishicha, 19 iyul kuni tushdan keyin O`zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov, Irakliy Gariboshvili, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev va Kaxa Kaladze buyuk gruzin shoiri Shota Rustavelli haykali poyiga gul qo`ygan. Yodgorlik joylashgan xuddi shu nomdagi maydon Shota Rustaveli ko`chasini rekonstruksiya qilish doirasida yaqinda ta`mirdan chiqarilgan.

Mazkur ko`chani to`liq rekonstruksiya qilish doirasida obodonlashtirish, irrigasiya tizimlarini yaratish, piyodalar va velosiped yo`laklarini qurish ko`zda tutilgan. Tegishli qaror 13 iyul kuni hokim Jahongir Ortiqxo`jaev tomonidan imzolangan.

    Boshqa yangiliklar