AsosiyJamiyat

Namanganda guruh-guruh bo`lib harakatlangan mashinalar jarimaga tortildi

'Namanganda guruh-guruh bo`lib harakatlangan mashinalar jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda bir qancha transport vositalarining haydovchilari to`y marosimida guruh-guruh bo`lib harakatlanib, boshqa harakat qatnashchilarining erkin va xavfsiz harakatiga to`sqinlik qilganligi aks etgan video tarqaldi.

Video Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o`rganilib, holat 2022 yil 17 iyul kuni Namangan shahar hududidan o`tgan 4R-112 “Farg`ona xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 75-80 kilometrlari oralig`ida, “Lola-Davlatobod tumani” yo`nalishida, fuqaro S.M.ning to`y marosimi vaqtida sodir etilganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati.

Qoidabuzarlar:

1) "Mercedes-Benz" rusumli, 50Z505QA davlat raqam belgili;
2) "Mercedes-Benz" rusumli, 50Z222NA davlat raqam belgili;
3) "Mercedes-Benz" rusumli, 50R111NA davlat raqam belgili;
4) "Mercedes-Benz" rusumli, 50P500QA davlat raqam belgili;
5) "Damas" rusumli, 50643GBA davlat raqam belgili avtomobil haydovchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 129-moddasi 1-qismi tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, "Lacetti" rusumli, 50Z101CB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 2003 yilda tug`ilgan A.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-modda 2-qism, 1285-modda 2-qism hamda 129-modda 1-qism tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar