Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 tarqalishi sababli yangi voqelikka moslashish zarur deb hisoblaydi. Tashkilotning Evropa byurosi direktori Xans Klyuge barcha mamlakatlar rasmiylarini niqob rejimini qaytarishga chaqirdi.
Klyugening so`zlariga ko`ra, jahon hamjamiyati BA.5 koronavirusining "omikron" shtammi tarqalishi munosabati bilan yanada qattiqroq choralar qo`llashdan qochishga harakat qilishi kerak.
"Biz koronavirus holatlari ko`payib borayotganini ko`rmoqdamiz", dedi Xans Klyuge va hech bir davlat blokirovkalarni qayta joriy etishga tayyor emasligini ta`kidladi. JSST Evropa byurosi direktori, shuningdek, koronavirusga qarshi emlashni qayta tiklash muhimligini ta`kidladi.
Ma`lumot uchun: Evropada o`tgan haftada 3 millionga yaqin koronavirus holati qayd etilgan.






