AsosiyJamiyat

Samarqandda ish stajini soxtalashtirish orqali nafaqa rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan mansabdor shaxs ushlandi

'Samarqandda ish stajini soxtalashtirish orqali nafaqa rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan mansabdor shaxs ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 18 iyul kuni fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda nafaqaga chiqishi uchun Pensiya jamg`armasi Samarqand shahar bo`limiga borib, ishlagan vaqtini hisoblatgan vaqtida, 1 yil 6 oy ish staji etmaganligini, shu erda o`zini Pensiya jamg`armasi Samarqand shahar bo`limi boshlig`i o`rinbosari deb tanishtirgan K.Sh. bilan tanishib qolganligini, ushbu shaxs ularning ishonchiga kirib, etmagan ish stajini soxtalashtirish orqali to`g`rilash va nafaqa rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Samarqand viloyati Samarqand shahar bo`limi binosida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, K.Sh. o`z xizmat xonasida ariza muallifidan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar