Qashqadaryo viloyatining “Umakay” postida Toshkentga 1 tonnaga yaqin iste`molga yaroqsiz go`sht olib ketayotgan fuqaro to`xtatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Neksiyani boshqarib haydovchi yarim kechasi “Umakay” postida to`xtatilgan. Tekshirilganda avtomobil ichida salkam 1 tonna iste`molga yaroqsiz, hujjatlarsiz mol go`shti borligi aniqlangan. Haydovchining aytishicha, u go`shtni Toshkentga bozorda sotish uchun olib kelayotgan bo`lgan.
Go`shtning tegishli hujjatlari yo`qligi uchun u laboratoriya tekshiruvi o`tkazish uchun viloyat Veterinariya va sanitariya-epidemiologiya markaziga olib kelingan. Natijada iste`molga yaroqsiz deb topilib, tegishli tartibda yo`q qilingan.






