AsosiyJamiyat

Jizzaxda sodir bo`lgan YTHda haydovchining otasi vafot etdi

'Jizzaxda sodir bo`lgan YTHda haydovchining otasi vafot etdi'ning rasmi

Nexia mashinasi boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 iyul kuni soat 20:25 larda Jizzax-Paxtakor avtomobil yo`lining Sharof Rashidov tumani hududidan o`tgan 20-kilometrida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Paxtakor tumanida yashovchi fuqaro Nexia mashinasi bilan Paxtakor yo`nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotgan. Shundan so`ng mashina yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan. Oqibatda, mashinada bo`lgan haydovchining otasi og`ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar