AsosiyJamiyat

Urgutdagi to`yxonada odamlar ommaviy zaharlangani rostmi?

'Urgutdagi to`yxonada odamlar ommaviy zaharlangani rostmi?'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Jozmon» mahallasidagi to`yxonada ommaviy zaharlanish va yuqori temperatura tashxisi bilan odamlar shifokorga murojaat qilganligi to`g`risida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi xabar yuzasidan ma`lumot berdi.

Keltirilishicha, 2022  yilning 19 iyul kuni kech soat 22:00 atrofida Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ikki nafar bemor oziq-ovqatdan o`tkir zaxarlanishga gumon tashxisi bilan bo`limga olib kelingan.

Bemorlar bilan suhbatda ular to`yda turli salatlar eganini ma`lum qilishdi. Shifokorlar tomonidan kelgan bemorlarga kerakli muolajalar o`tkazilgan.

Tuman sanitariya va osoyishtalik markazi xodimlari hamda uchastka tibbiyot xodimlari bemorlarning yashash hududidagi kasallikka gumonlanganlarni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonaga ko`zatuvga olib kelingan. Gumondorlar tekshiruvdan o`tkazilib, qonikarli ahvoldaligi sababli uyiga javob berilgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada ikki nafar bemor kuzatuvda. Ularning ahvoli o`rtacha og`irlikda.

Holat «Jozmon» mahallasida deb noto`g`ri ma`lumot berilgan. Holat Urgut tumanining “G`ishtmachit” mahallasida sodir bo`lgan. Urgut tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo`limi 80 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun qo`shimcha 10 ta o`rin tashkil etilgan. Ayni paytda yuqumli kasalliklar bo`limida 85 nafar bemor davolanmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 200 nafarga yaqin odamlar Urgut tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi deb tarqalgan xabar hech qanday asosga ega emasligini ma`lum qilamiz», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar