AsosiyDunyo

Dunyoda maymun chechagi virusini yuqtirgan bemorlar soni 14 ming nafarga etdi, yana 6 davlatda epidemiya tarqaldi - JSST

'Dunyoda maymun chechagi virusini yuqtirgan bemorlar soni 14 ming nafarga etdi, yana 6 davlatda epidemiya tarqaldi - JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi bayonotiga ko`ra, hozirga qadar maymun chechagi virusi ro`yxatga olingan mamlakatlar soni 80 taga etdi. Tekshiruvlar davomida jami 14 ming nafar bemor infeksiyani yuqtirgani tasdiqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Shu kungacha mazkur xastalikdan beshta o`lim holati qayd etilgani haqida bizda rasmiy ma`lumotlar bor, — deydi tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus. — Epidemiyadan zarar ko`rganlar asosan Evropada yashovchilar hissasiga to`g`ri keladi”.

Tahlillar shuni ko`rsatadiki, ba`zi mintaqalarda pasayish tendensiyasi kuzatilyapti, boshqa davlatlarda esa aksincha, bemorlar soni oshib bormoqda.

O`tgan hafta davomida epidemiya tarqalgan mamlakatlar soni oltitaga ko`paydi, — deya so`zini davom ettiradi JSST rahbari. — Ularda ilk kasallanish holatlari ro`yxatga olingan.

Biroq ayrim davlatlarda xastalikka aniq tashxis qo`yish imkoniyati chegaralangan, diagnostika vositalari etishmaydi. Shu bois tashkilotimiz ularga maymun chechagini aniqlashda qo`llaniladgan testlar yuboradi”.

Gebreyesusning fikricha, ayni paytda ushbu epidemiyaga qarshi eng samarali kurash vositasi axborot va targ`ibotdir. Odamlar bu xavfli infeksiya haqida qanchalik ko`p ma`lumotga ega bo`lsa, kasallikni jilovlash shu qadar osonlashadi.

Eslatib o`tamiz, maymun chechagi virusi alomatlari asosan isitma, umumiy intoksikasiya va tanada toshmalar bilan namoyon bo`lyapti.


 

    Boshqa yangiliklar