Bu haqda "Daryo" sayti Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, bugungi kunda yagona formani nafaqat bozordan sotib olish, balki ota-onalar o`zi xohlagan tikuvchiga belgilangan tartibdagidek tiktirishi mumkin.
“Davlat umumta`lim maktablarida ta`lim olayotgan temir daftar, ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandi tekinga maktab formasi bilan ta`minlanadi. Hozirda ro`yxatlar shakllantirilyapti, yangi o`quv yili boshlangunga qadar maktab formasi bilan ta`minlash ishlari amalga oshiriladi”, — deydi Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi mas`ul xodimi.
Qayd etilishicha, shu kungacha 100 dan ortiq maktab formasi nusxalari tavsiya etilgan, ularning ichidan saralangach, mana shu formalarda to`xtaldi.






