“Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o`tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, haydovchilarni tayyorlashda o`quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo`yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.
Amaliy imtihonlarda “V” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko`p bo`lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo`lmagan transportlardan foydalaniladi.
O`quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animasiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo`lmagan miqdorda tasdiqlanadi.
2023 yil 1 yanvargacha Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.
2022 yil 1 noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma`lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integrasiya qilinadi.






