Iyun oyida eng ko`p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qildi.
Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni quyidagicha:
— “Cobalt” - 10 468 dona
— “Lacetti-Gentra” - 9 463 dona
— “Damas” - 6 286 dona
— “Nexia T-250” - 3 225 dona
— “Spark” - 1 815 dona
— Maxsus engil avtomobillar - 2 597 dona






