Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Paxtakor mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Maxsuma O`sarova bundan o`ttiz bir yil muqaddam farzandidan ayrilgan. Bu haqda UzA yozmoqda.
Biroq e`tiborsizlik sabab farzandining o`limi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmagan. Oqibatda M.O`sarova nafaqa olishda muammoga duch keldi.
Shundan so`ng vafot etgan o`g`lining o`lganlik faktini belgilashda amaliy yordam so`rab Sardoba tuman adliya bo`limiga murojaat qildi.
Murojaat adliya bo`limining ish yurituviga olinib, zarur hujjatlar to`plandi. Aniqlanishicha, Maxsuma O`sarova va Hasan O`sarovning birgalikdagi turmushidan 1987 yil 25 sentyabrda o`g`il farzand dunyoga kelgan. Yaxshi niyatlar bilan unga Oybek deb ism qo`yishgan. Oybek Hasanovich O`sarov 1991 yil 30 iyunda vafot etgan.
O`rganish davomida Davlat xizmatlari agentligining arxiv ma`lumotlar bazasida o`lim haqida dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi aniqlandi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Oybek O`sarov dafn etilgan joy to`g`risida ma`lumotnoma taqdim etildi va murojaatchining qo`shnilari tomonidan ushbu oilaning bir nafar o`g`il farzandi olamdan o`tganligi tasdiqlandi.
Shunga ko`ra, Sardoba tuman adliya bo`limi tomonidan O`sarov Oybek Hasanovichning o`lim faktini belgilash yuzasidan Oqoltin tumanlararo sudiga da`vo ariza kirildi.
Da`vo qanoatlantirilib, O`sarov Oybek Hasanovichning 1991 yil 30 iyunda o`lganlik faktini belgilash yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.