AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida bepul Wi-Fi ga ulanish imkoniyati yaratildi

'Toshkent aeroportida bepul Wi-Fi ga ulanish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportida yo`lovchilar va mehmonlar uchun internet tarmog`iga ulanish uchun Wi-Fi tarmog`i ishga tushirildi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, “O`zbektelekom” kompaniyasi bilan birgalikda aloqa kanallarini ulash va jihozlarni o`rnatish bo`yicha barcha ishlar yakunlanib, terminal majmuasining butun hududi — Wi-Fi tarmog`i bilan jo`nab ketish va uchib kelish zallari to`liq qamrab olingan.

"  – Internetga ulanish uchun aeroportga tashrif buyuruvchilar #TASAirportUzcloud Wi-Fi tarmog`ini qidirib topishlari va “Ulanish” tugmasini bosishlari kifoya. Tizim foydalanuvchilarni avtorizasiya sahifasiga yo`naltiradi va u erga mobil telefon raqamingizni kiritishingiz kerak bo`ladi. Avtorizasiyani tasdiqlash uchun ko`rsatilgan raqamga SMS xabar yuboriladi.

Shundan so`ng, tizim pullik va bepul kirish imkoniyatlarini taklif etadi. Agar siz tizimdan bepul foydalanishni tanlasangiz, tizim uchta qisqa reklamani ko`rsatadi. Shundan so`ng internetga kirishni ta`minlaydi. Pullik xizmatni tanlasangiz, tizim tegishli tarif rejasini tanlashni taklif qiladi va to`lov amalga oshirilgandan so`ng tarif rejasiga muvofiq vaqt uchun cheksiz Internetga kirish taqdim etiladi", – deyiladi kompaniya xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar