AsosiyJamiyat

Nogironligi bo`lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

'Nogironligi bo`lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi'ning rasmi

“Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–329-son, 22.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik bo`yicha o`quv kurslari xarajatining 70 foizi, lekin 1 mln so`mdan oshmagan qismi kompensasiya qilib beriladi.

 “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida to`liq bepul o`qitiladi.

O`quv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud bo`sh ish o`rinlariga joylashtiriladi.

Tadbirkorlik yo`nalishi bo`yicha o`quv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishidan boshlab, o`z faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar bo`lgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam ko`rsatib boriladi.

Mehnatga layoqatli, nogironligi bo`lgan xotin-qizlarni ish bilan ta`minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming so`m)dan kam bo`lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar