2022 yil 22 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 242632 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Qoraqalpog`iston, 3 nafari Andijon, 3 nafari Buxoro, 2 nafari Jizzax, 4 nafari Qashqadaryo, 3 nafari Navoiy, 6 nafari Namangan, 3 nafari Samarqand, 2 nafari Sirdaryo,
4 nafari Surxondaryo, 3 nafari Farg`ona, 5 nafari Xorazm, 4 nafari Toshkent viloyati va 15 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida 71 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 239572 nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.






