AsosiyJamiyat

Ichimlik suvi tarmoqlarida ta`mirlash ishlari amalga oshirilayotganda suv transportda etkazib beriladi

'Ichimlik suvi tarmoqlarida ta`mirlash ishlari amalga oshirilayotganda suv transportda etkazib beriladi'ning rasmi

“Ichimlik suvi ta`minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–784-son, 22.07.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko`ra, iste`molchilarning sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlanishi kafolatlanadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi ichimlik suvi ta`minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Har qanday tashkilotlar ichimlik suvi ta`minoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Ichimlik suvi ta`minoti tashkilotlari iste`molchining hayotiga, sog`lig`iga hamda mol-mulkiga moddiy va ma`naviy zarar etkazganlik uchun javobgar bo`ladi.

Iste`molchilar ichimlik suvi ta`minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo`yicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz ko`rsatilishini, shuningdek o`z hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga xavf tug`dirmaydigan sifatga va miqdorga ega bo`lgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish huquqiga ega.

Ichimlik suvi inshootlari suv ta`minoti darajasi bo`yicha quyidagi toifalarga bo`linadi:

І toifa – xizmat ko`rsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;

ІІ toifa – xizmat ko`rsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;

ІІІ toifa – xizmat ko`rsatiladigan aholi soni 5 minggacha.

Ichimlik suvi epidemiologik, radiasiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz bo`lishi kerak.

 Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi ta`minoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

 Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda etkazib beriladi:

ichimlik suvi ta`minoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo`lmagan hududlarga;

ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi ta`minoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog`ida;

ichimlik suvi ta`minoti tarmoqlarida ta`mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;

favqulodda vaziyatlarda.

 Ichimlik suvi ta`minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo`yicha xizmatlar uchun to`lovlar xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda e`lon qilingandan keyin 15 kundan so`ng kuchga kiradi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan uch oy o`tgach kuchga kiradi.

 

    Boshqa yangiliklar