Ijtimoiy tarmoqdagi ba`zi axborot kanallarida O`zbekiston va Qirg`izistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish to`g`risida e`lonlar tarqalmoqda.
Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu e`lonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekanini ma`lum qilinmoqda.
Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizdan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e`lonlarga ishonmaslikni so`raymiz.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.






