O`zbekiston Energetika vazirligi iste`molchilar e`tiborini joriy haftada haroratning me`yordan oshib ketishi tufayli elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizib ketishi qayd etilayotgani, bu esa jiddiy nosozliklarga olib kelishi mumkinligiga qaratmoqda.
Ta`kidlanishicha, ochiq quyoshda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari bugungi kunda ularning ishlashi uchun mo`ljallanmagan haroratgacha qiziydi. Juda yuqori harorat ko`rsatkichlariga qo`shimcha ravishda, ayniqsa kunduzi, elektr uzatish tarmoqlarining nosozlik holatiga elektr energiyasi iste`molining favqulodda o`sishi ta`sir qiladi.
" – Bunday holatda, har qanday vaqtda elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizishi va iste`molning o`sishi tizimda katta hajmdagi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo`lib, bu esa elektr ta`minotini normallashtirish uchun sezilarli vaqtni (bir kun yoki undan ko`proq) olishi mumkin.
Energotizimda keng ko`lamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish uchun zarur choralar ko`radi. Xususan, ma`lum ko`rsatkichlar kritik darajaga yaqin bo`lgan holda, ayrim turar-joy binolari va sanoat ob`ektlarini elektr ta`minotidan vaqtincha uzib turish kerak bo`ladi.
Ko`rsatkichlar normallashtirilganda, dispetcherlik xizmati ushbu ob`ektlarni darhol elektr ta`minotiga ulaydi.
G`ayritabiiy yuqori haroratning yaxshilanishi barqaror elektr ta`minotini normallashtirishga yordam beradi.
Shu munosabat bilan, iste`molchilar tarmoqdagi keng ko`lamli nosozliklarni oldini oladigan, vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan bunday choralar zarurligini tushunishlari muhim hisoblanadi", - deyladi izohda.






