24 iyul kuni Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.
Suhbat avvalida Tojikiston etakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo`yicha “yo`l xaritasi”ni o`z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta`kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperasiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e`tibor qaratildi.
Joriy yil sentyabr oyida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.






