AsosiyJamiyat

Qozog`iston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tavallud kuni bilan tabrikladi

'Qozog`iston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

24 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbat avvalida Qozog`iston etakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan tabriklab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperasiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. O`zbekiston va Qozog`iston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu hafta Qirg`izistonda o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari yuksak baholandi.

Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar