O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 iyul kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Qirg`iziston Prezidenti davlatimiz rahbarini tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, birodar O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperasiyasi bitimlarining yangi to`plamini, shuningdek, O`zbekiston-Qirg`iziston strategik sherikligining ustuvor yo`nalishlari bo`yicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etildi.
Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.
O`zbekiston etakchisi Qirg`iziston Prezidentini joriy yil 20-21 iyul kunlari Cho`lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.






