AsosiyJamiyat

Buxorolik kabutarlari uchib ketgan erkak mahalladoshining Lacetti’sini yoqib yubordi  

'Buxorolik kabutarlari uchib ketgan erkak mahalladoshining Lacetti’sini yoqib yubordi   'ning rasmi

IIV G`ijduvon tumanida yuz bergan holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, tumanda yashovchi A.R. mahalladoshi, kabutar boquvchi fuqaro F.B. ga uyida kabutar saqlashga qiziqishi ortayotganini aytib, undan 13 dona kabutar keltirib berishini so`ragan. Ko`p o`tmay olib kelingan kabutarlarning ikki donasi yo`qolib qolgan. Fuqaro qo`shnisidan yo`qolgan kabutarlarni topib berishini talab qilgan. Shunda qo`shnisi kabutar uchib ketgan bo`lishi mumkinligini, evaziga bir dona o`zining kabutarini berishini va ikkinchi kabutar uchib qaytib kelmasa, keyinroq yana bir dona kabutar berishini tushuntirgan.

Biroq jahli chiqqan shaxs o`ziga avvaldan tanish bo`lgan, uyida benzin sotuvchi tanishining oldiga borib, u bilan spirtli ichimlik ichgan. Kechki payt uyiga qaytguncha tanishidan benzin olib, kabutar sotuvchi qo`shnisining hovlisi oldida turgan mashinaga benzin sepib, yoqib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Dastlabki, tergov-surishtiruv ishlari davomida jabrlanuvchiga 86 mln 397 ming 465 so`mlik moddiy zarar etkazilgani aniqlanib, tegishli tartibda jarima belgilangan.

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi qo`llanilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar