AsosiyDunyo

Braziliya prezidenti Bolsonaro ikkinchi muddatga saylanadi

'Braziliya prezidenti Bolsonaro ikkinchi muddatga saylanadi'ning rasmi

Liberal partiya uni yana bo`lajak prezidentlik saylovlarida o`z nomzodi sifatida ko`rsatdi.

Braziliya Liberal partiyasi joriy yil kuzida bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlariga amaldagi prezident Jair Bolsonaroni rasman nomzod qilib ko`rsatdi, deb xabar beradi Braziliyaning G1 internet portali.

Sobiq mudofaa vaziri Valter Braga Netto vise-prezidentlikka nomzod etib tasdiqlandi.

Nashrning yozishicha, Bolsonaroning Liberal partiya qurultoyidagi nutqi 1 soat 9 daqiqa davom etgan. Nutq davomida u o`z tarafdorlarini 7 sentyabr kuni “oxirgi marta ko`chaga chiqishga” chaqirdi, shuningdek, saylovlardagi ehtimoliy raqibi, sobiq prezident Lulu da Silvani “bandit” va “sobiq mahbus” deb atadi

    Boshqa yangiliklar