AsosiyJamiyat

O`zbekistondan 6 oy davomida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi aytildi

'O`zbekistondan 6 oy davomida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi aytildi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

meva va rezavorlar – 118 ming tonna

quritilgan meva va rezavorlar – 21 ming tonna

sabzavotlar – 576 ming tonna

karam – 130 ming tonna

pomidor – 56 ming tonna

uzum – 11,1 ming tonna

mayiz – 38 ming tonna

eryong`oq – 11 ming tonna

tarvuz-qovun – 67,8 ming tonna

    Boshqa yangiliklar