Jizzax viloyatining Do`stlik tumanida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida 24 iyul kuni yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko`ra, 24 iyul kuni soat 16:43 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «101» qisqa raqami orqali Do`stlik tumani «Chinobod» MFY S. Rahimov ko`chasida joylashgan 35-ko`p kvartirali uyda yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida ma`lumot kelib tushgan. Shundan so`ng voqea joyiga yong`in-qutqaruv bo`linmalari yuborilgan. Qutqaruvchilar yong`in joyiga soat 16:48 da etib borib, soat 16:53 da yong`inni o`rab olgan va soat 17:23 da olov o`chirilgan.
Ma`lum qilinishicha, voqea oqibatida ikki qavatli uyning 30 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo`q.
Dastlabki taxminlarga ko`ra, yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqan. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






