Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabriklab, unga ot sovg`a qildi. Bu haqda «Grozny inform» xabar berdi.
Qodirov Prezidentni kamtarin va mehmondo`st inson, ayni paytda dono va uzoqni ko`ra oladigan siyosatchi deb ta`riflagan. Mirziyoev vataniga chin dildan mehr qo`ygan va xalqning hurmatiga sazovor bo`lgani ta`kidlangan. Checheniston rahbari xalq nomidan O`zbekiston Prezidentiga o`rgatilgan ikkita ot sovg`a qilgan.
"Qadrli katta akamiz, Shavkat Mirziyoev. Sizni 65 yoshingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman, baxt va omad tilayman. Men otlarni juda yaxshi ko`raman, siz ham yaxshi ko`rishingizni bilaman. Shuning uchun butun xalqimiz nomidan va shaxsan o`z nomimdan sizga otlar sovg`a qilishga qaror qildim. Sizga chin qalbimdan mustahkam sog`lik, uzoq umr, shuningdek, qardosh O`zbekistonga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tilayman!
O`zbekiston yuksalib borayotganini, iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini jadal sur`atlarda rivojlantirayotganini ko`rish juda quvonarli. Bundan tashqari, Shavkat Miromonovich Rossiya bilan yaqin do`stona munosabatlarni faol o`rnatib, rivojlantirmoqda. Aminmanki, yillar davomida do`stligimiz faqat mustahkamlanib boradi", — degan Qodirov.






