Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, To`qaev Ka`baning ichiga ham kirgan — uning eshiklari faqat alohida hollarda hurmatli mehmonlar uchun ochiladi.
«Bu Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozog`iston rahbariga nisbatan chuqur hurmatidan dalolatdir», — deyiladi xabarda.
To`qaev Saudiya Arabistoniga mamlakatning valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilish uchun tashrif buyurgan. Muzokaralar chog`ida tomonlar o`zaro savdo hajmini oshirish niyatini tasdiqlagan.
Valiahd shahzoda Saudiya kompaniyalarining Qozog`iston qishloq xo`jaligi sohasiga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanligini ma`lum qildi, deyiladi Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati xabarida.






