AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo harorati qachon pasayishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda havo harorati qachon pasayishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet"  hafta davomida respublika bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, haftaning birinchi yarimida hududlarning katta qismida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda 45 darajagacha bo`ladi.

Faqat O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida 25-26 iyul kunlari ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O`zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo`yicha harorat pasaya boshlaydi. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va ko`pchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39-41 darajaga etadi.

25-27 iyul kunlari shimolda, janubda va cho`l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 metr-soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

25-28 iyul kunlari Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha: So`x, Farg`ona tumanlarida va So`x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar