AsosiyJamiyat

So`nggi 6 yilda 23 ming 310 nafar shaxsga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi

'So`nggi 6 yilda 23 ming 310 nafar shaxsga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi'ning rasmi

IIV axborot xizmatining O`z Aga ma`lum qilishicha, 2022 yilning o`tgan 6 oyi mobaynida, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi, 22-bandi hamda “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi qonunining 20 va 4-moddalariga muvofiq, Prezidentimizning 4 ta farmoniga asosan 295 nafar fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Ma`lumot uchun keltirilishicha, 2016 yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 97 ta farmoniga asosan jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Bu raqamlar yillar kesimida ko`rilganda:

2016 yilda – 179 nafar;

2017 yilda – 1 ming 64 nafar;

2018 yilda – 2 ming 760 nafar;

2019 yilda – 6 ming 318 nafar;

2020 yilda – 8 ming 127 nafar;

2021 yilda – 4 ming 567 nafar;

2022 yilda – 295 nafar.

1992 yildan 2016 yilga qadar mamlakatimizda jami 482 nafar fuqaroligi bo`lmagan shaxs O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish bo`yicha 1995 yil 1 yanvar kuniga qadar respublikamizga ko`chib kelib doimiy ro`yxatdan o`tgan 35 ming 196 nafar shaxslardan 23 ming 969 nafarining hujjatlari ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (identifikasiya ID-karta) bilan hujjatlashtirish choralari ko`rildi.

O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish bo`yicha 2005 yil 1 yanvar kuniga qadar respublikamizga ko`chib kelib, doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo`lmagan shaxslar, shuningdek, 2022 yil 1 fevral kuni holatiga O`zbekiston Respublikasida kamida o`n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo`lmagan jami 20 ming 570 nafar shaxslarning hujjatlari ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi identifikasiya ID-karta bilan hujjatlashtirish choralari ko`rildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasida kamida o`n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo`lmagan shaxslarning hamda ota-onasidan biri (yolg`iz otasi yoki onasi) O`zbekiston Respublikasining fuqarosi, deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O`zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bolalarning murojaatlariga asosan jami 4 ming 517 nafar shaxslarning hujjatlari ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi identifikasiya ID-karta bilan hujjatlashtirish choralari ko`rildi.

Xulosa qilib aytganda, ilgari fuqarolik berilishi juda murakkab, oddiy odamlar bunga deyarli musharraf bo`lmagan kunlar bugun tarixga aylandi. 

    Boshqa yangiliklar