Jizzax viloyati G`allaorol tumanida piyodani urib yuborib, uning o`limiga sabab bo`lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tegishli idora xodimlari voqea joyiga etib borishganda jabrlanuvchi tan jarohatlari oqibatida hayotdan ko`z yumgani ayon bo`lgan.
Qayd etilishicha, hodisa soat 22:40 larda sodir bo`lgan bo`lgan.
Olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan shaxs Zarbdor tumani Nurobod MFYda yashovchi "Nexia" haydovchisi, 23 yoshli fuqaro bo`lib chiqqan. Haydovchining aytishicha, u katta ehtimol bilan yo`lda yotgan fuqaroning ustidan haydab, o`tib ketgan.
"Avtomobilning old davlat raqam belgisini ushlab turuvchi moslamasi siniq bo`laklari voqea joyida tushib qolgani hamda topilgan siniqlar solishtirilganida mazkur transport vositasiga mos kelayotgani aniqlandi", — deydi G`allaorol tumani JXX YHX bo`limi boshlig`i Eldor Mamasharipov.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






