AsosiyJamiyat

O`n besh milliardan mablag` iste`molchilarga qaytarildi

'O`n besh milliardan mablag` iste`molchilarga qaytarildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari  federasiya tomonidan iste`molchilarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo`nalishida Federasiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqaro (iste`molchi)lardan jami 5 472 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda federasiya Matbuot xizmati darakchi.uzga ma`lum qildi.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 4 989 tasi ya`ni, 91,2 % ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga jami 15 056 818 091 (o`n besh milliard ellik olti million sakkiz yuz o`n sakkiz ming to`qson bir) so`m etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.

2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida Federasiya va uning hududiy bo`linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste`molchilardan kelib tushgan murojaatlarning

2 133 tasi (39,0%) savdo sohasiga,

758 tasi (13,9%) gaz ta`minoti sohasiga,  

412 tasi (7,5%) elektr ta`minoti sohasiga,  

258 tasi (4,7%) suv ta`minoti sohasiga,

185 tasi (3,4%) kommunal xizmat sohasiga,  

84 tasi (1,5%) sog`liqni saqlash sohasiga,  

295 tasi (5,4%) xizmat ko`rsatish (servis) sohasiga,  

214 tasi (3,9%) transport sohasiga,  

178 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga,  

955 tasi (17,5%) esa boshqa sohalarga to`g`ri kelishini ko`rishimiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar