Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi "Abu Saxiy" bozorida yong`in bo`layotgani aytilgan xabarlar tarqalgan edi.
FVVning ma`lum qilishcha, bugun, 26 iyul kuni soat 16:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar qo`rg`oni Toshkent xalqa avtomobil yo`li chetida joylashgan transformatorda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga etib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog`idan uzilgandan so`ng yong`in soat 16:21 da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar etmagan.
Hodisa oqibatida tan jaroxati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.






