AsosiyDunyo

Vaziyat jiddiy: AQShda maymunchechak yuqtirganlar soni keskin oshdi

'Vaziyat jiddiy: AQShda maymunchechak yuqtirganlar soni keskin oshdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash mutaxassislari Qo`shma Shtatlarda maymun chechagi epidemiyasini to`xtatish uchun vaqt tugab borayotganidan ogohlantirmoqda, deya yozmoqda Zamon.uz.

Qayd etilishicha, mamlakatda kasallikning 3000 ga yaqin holati tasdiqlangan. 

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, Nyu-York shtatida eng ko`p (900) holat aniqlangan. Shuningdek, Kaliforniya (356) va Floridada (247) ham vaziyat jiddiy.

Michigan universitetining yuqumli kasalliklar bo`yicha mutaxassisi Priti Malani sog`liqni saqlash ko`plab sohalarda, shu jumladan, tezkor sinovdan o`tkazish va unga muhtoj bo`lgan bemorlar uchun davolanish imkoniyati bo`yicha juda orqada qolayotganini aytib o`tgan.h

AQSh rasmiylari allaqachon sinovlarni kengaytirib, minglab vaksinalarni taqdim etishgan, biroq cheklangan taklif talabga mos emas. Shu bois ham mutaxassislar federal ma`muriyatni kasallik avj olishiga yo`l qo`ymaslik uchun kengroq choralar ko`rishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar