AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" bugungi ob-havo prognozini e`lon qildi

'"O`zgidromet" bugungi ob-havo prognozini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Hududning katta qismida harorat foni 36-41° atrofida, janubda ba`zi joylarda 45° gacha bo`lishi saqlanib turadi. Shimoliy hududlarga salqin havo massasi kirib kelishi davom etadi, kunduzi harorat 32-37° bo`ladi. Janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 39-41° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar